Kuba O‘zbekistonga yangi elchi yubordi
Jamiyat
−
23 fevral
4029Kubaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Karlos Valdes de la Konsepson O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda bugun, 23 fevralda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuv jarayonida mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni qator sohalarda yanada rivojlantirish, ayniqsa, tovar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, Baxtiyor Saidov elchi Karlos Valdes de la Konsepsonga O‘zbekistondagi kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada ham O‘zbekistonga yangi elchi tayinlagan edi.
LiveBarchasi