Krokus teraktiga aloqador 5 kishi Turkiyada sudlanmoqda

Olam

image

Istanbul prokuraturasi 2024 yil 22 mart kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl” konsert zaliga qurolli hujum uyushtirganlikda gumon qilingan ISHID terrorchilik tashkiloti tarafdorlari bo‘lgan besh nafar xorijiy fuqaroga nisbatan ayblov e’lon qildi. Bu haqda bugun, 2 yanvar kuni "Anadolu" agentligi xabar berdi.

Ayblov xulosasida qayd etilishicha, Xofizxon Usmonov, Muteullo Asoyev, Rahmatullo Solihov, Muhammadrahim Faizov va Hamza Muhammad Moskvadagi terakt ijrochilari – Shamsiddin Fariduni va Saidakrami Rajabalizodalar bilan aloqador bo‘lgan.

Agentlik Asoyev va Moskvadagi "Vegas" savdo markazida portlash uyushtirish taklif qilingan terakt ishtirokchilaridan biri o‘rtasidagi yozishmalarga tayangan. Potensial pudratchiga 800 ming rubl, Belarus chegarasiga yetkazib berish, Belarusda vaqtinchalik uy-joy va yangi hujjatlar va’da qilingan. "Vegas" savdo markazlaridan biri esa “Krokus Siti Holl” bilan bir xil qurilish majmuasida joylashgan va hujum vaqtida evakuatsiya qilingan.

Istanbul prokurori ayblanuvchilarni “qurolli terror tashkilotiga a’zolik” uchun 7,5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni talab qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi “Krokus Siti Holl” konsert zaliga hujum 2024 yil 22 mart kuni sodir bo‘ldi. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, o‘t ochishdi, bir necha portlashlar eshitildi va yong‘in boshlandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 145 kishi terakt qurboni bo‘lgan, 551 kishi jarohatlangan.

Hujum uchun javobgarlikni ISHID terrorchilik tashkilotining “Viloyati Xuroson” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Rossiyaning “Krokus Siti Holl”idagi terakt yuzasidan olib borilgan tergov doirasida 20 kishi, jumladan, hujumni sodir etganlikda gumon qilingan to‘rt nafar shaxs qo‘lga olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvaning Basmanniy tuman sudi “Krokus Siti Holl” konsert zalida terakt sodir etishda ayblangan to‘rt nafar shaxsni hibsda saqlash muddatini uzaytirgandi. Sud tergov organlarining iltimosnomasini qanoatlantirgan va Murodali Rachabalizod, Muhammadsobir Fayzov, Fariduni Shamsiddin, Dalerjon Mirzoyevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini 3 oyga, jami 10 oy 28 sutkaga uzaytirgan. Sudlanuvchilarning to‘rt nafari ham 2025 yilning 22 fevraliga qadar hibsda bo‘ladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Turkiya terakt Krokus Siti Holl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing