Kristof Galte PSJda yangi qoidalar joriy qilmoqda

Sport

image

Fransiyaning PSJ klubi bosh murabbiyi Kristof Galte jamoaga o‘zining qoidalarini joriy qilmoqda. Bu haqda  “L'Equipe” nashri xabar berdi.

Kristof Galte o‘rnatayotgan qoidalarga ko‘ra, bundan buyog‘iga hech bir futbolchi mashg‘ulotlarga kechikishi mumkin emas. Agar biror o‘yinchi uzrli sababsiz mashg‘ulotga kechiksa, uning mashg‘ulotlarga kirishiga ruxsat etilmaydi. Shuningdek fransiyalik murabbiy futbolchilarga ovqatlanish paytida telefondan foydalanishni ham taqiqlagan.

Qayd etish joizki, hozirda PSJ futbolchilari Yaponiyada yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Yig‘in doirasida parijliklar mahalliy “Kavasaki Frontale” jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 2:1 hisobida zafar quchdi. PSJning gollariga Lionel Messi va Arno Kalimuendo mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, parijliklar amaldagi Fransiya chempioni hisoblanadi. Fransiya chempionatining yangi mavsumi joriy yilning 5 avgust kuni boshlanadi. Fransiya chempionatining 2022-2023 yilgi mavsumi 1-tur uchrashuvida PSJ “Klermon” bilan o‘ynaydi. Bahs 6 avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

PSJ

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing