Kristof Galte PSJda jiddiy muammoga duch keldi
Sport
−
06 avgust 2022 4321 1 daqiqa
Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) PSJning yangi bosh murabbiy Kristof Galte bilan tuzgan shartnomasini tasdiqlamadi. Bu haqda “L’Equipe” nashri yozmoqda.
Manbaga ko‘ra, bunday holat yuz berishiga Galtening Pro toifasidagi murabbiylik litsenziyasi bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mutaxassis reglamentga ko‘ra har uch yilda bir marta majburiy bo‘lgan qayta tayyorlash kursidan o‘tmagan. Endi Kristof Galte FFFga maktub yo‘llab, qayta tayyorlashni keyingi xalqaro tanaffusgacha qoldirishni so‘rashi kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning iyul oyida Kristof Galte PSJning yangi bosh murabbiyi sifatida e’lon qilingandi. Klub va murabbiy o‘rtasidagi kelishuv 2023-2024 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Parij klubidan oldin Kristof “Nitssa”ni boshqargan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr