Kristian Romero “Tottenxem”ni tark etishga qaror qildi

Sport

image

Londonning “Tottenxem” jamoasi asosiy himoyachisi va Argentina terma jamoasi a’zosi Kristian Romero joriy mavsum yakunida London klubidan ketishga qaror qildi. Bu haqda “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi haqida rahbariyatni rasman xabardor qilgan. “Shporlar” kelasi mavsumda Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilgan bo‘lsalar-da, Romeroning ketishi deyarli hal bo‘lgan masala sifatida ko‘rilmoqda.

Klub rahbariyati yangi mavsum oldidan tarkibni sezilarli darajada yangilashni rejalashtirgan va Romeroning sotuvi ushbu jarayondagi birinchi yirik transfer bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, argentinalik himoyachi 2022 yilda Italiyaning “Atalanta” klubidan 52 million yevro evaziga sotib olingan edi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Romero 28 ta o‘yinda maydonga tushib, himoyachi bo‘lishiga qaramay 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, uning bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina “Tottenxem” Kristian Romero

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing