Krishtianu Ronaldu uylandi
Sport
−
09:43 3136 1 daqiqa
Besh karra “Oltin to‘p” sohibi va futbol tarixidagi eng yaxshi to‘purar Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodrigesga uylandi. Bu haqda Ronaldu o‘zining Instagram sahifasida e’lon qildi.
“The Sun” nashrining xabar berishicha, to‘y joriy yilning 8 avgust kuni Funshalda bo‘lib o‘tishi kerak edi. Futbolchi Rodriges bilan 2016 yildan beri munosabatda bo‘lib kelmoqda va juftlikning ikki nafar farzandi bor.
Ronaldu 41 yoshda. U besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni va ikki karra Millatlar Ligasi g‘olibi. U milliy jamoalar, Yevropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2022 yil dekabridan beri Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida o‘ynab kelmoqda. Hujumchi faoliyati davomida Portugaliyaning “Sporting”, Angliyaning “Manchester Yunayted”, Italiyaning “Yuventus” va Ispaniyaning “Real Madrid” klublari safida ham to‘p tepgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 8 avgust kuni Krishtianu Ronalduning minglab muxlislari OAV xabarlariga ishonib, Portugaliyaning Madeyra orolida butunlay boshqa juftlikning to‘yiga yig‘ilib qolgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi