Krishtianu Ronaldu: “Oilangiz va yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiling”

Sport

image

Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi Krishtianu Ronalduning onasi Dolores Aveyro joriy yilning 3 mart kuni yurak huruji bilan Doctor Nelio Hospital shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga olib kelingani haqida xabar qilingandi. Hozirda ayolning ahvoli ancha yaxshi va oilasi davrasida karantinda saqlanmoqda. Ronaldu ushbu holatdan keyin Instagram'dagi ro‘z asmiy sahifasida izoh qoldirdi.

"Onamning kasalxonadan chiqib, sog‘ayib ketganidan juda ham xursandman. Oilangiz va yaqinlaringizga g‘amxo‘rlik qiling", deb yozgan Krishtianu Ronaldu.

Ma’lumot o‘rnida, hozirgi vaqtda Ronaldu oilasi bilan Portugaliyaning Madeyra orolidagi uyida karantinda saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 662 852 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 30 847 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 141 951 nafari virusdan butkul forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

110

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing