Krishtianu Ronaldu karantin qoidalarini buzdi (foto)
Sport
−
30 mart 2020
13814Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab shiddat bilan keng tarqalmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda karantin joriy etildi va uydan ko‘chaga chiqmaslik talab etildi. Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zi tug‘ilib o‘sgan Portugaliyaning Madeyra shahriga ko‘chib bordi va karantinga olindi.
Shunday qaltis vaqtda Ronaldu oilasi bilan ko‘chada niqobsiz sayr qilayotgani aks etgan suratlar paydo bo‘ldi. Joriy yilning 18 mart kuni Portugaliya rasmiylari koronavirus pandemiyasi sabab favqulodda holat e’lon qilgandi. Shunga qaramay, Krishtianu Ronaldu karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzdi.
Eslatib o‘tamiz, dunyo miqyosida koronavirusga chalinganlar 721 946 kishini tashkil etmoqda. Ushbu kasallikdan bugungacha 33 966 kishi vafot etdi. Kasallanganlarning 151 312 nafari virusdan shifo topgan.