Krishtianu Ronaldu dastlabki milliarder futbolchi bo‘lishi mumkin
Sport
−
03 aprel 2020
18160Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu professional faoliyati davomida milliard dollar ishlab topgan birinchi futbolchi bo‘ladi, deya xabar berdi "Business Insider". 35 yoshli futbolchi boyligi bo‘yicha sportchilar orasida amerikalik golf ustasi Tayger Vuds va bokschi Floyd Meyvezerdan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Xabarda yozilishicha, argentinalik Lionel Messi o‘tgan mavsumda Ronaldudan ko‘ra ko‘proq pul ishlab topgan. Shunga qaramay portugaliyalik faoliyati davomida milliard dollar jamg‘argan dastlabki futbolchi bo‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, Krishtianu Ronaldu "Yuventus" tarkibida yiliga 31 million yevro maosh oladi. Bundan tashqari, u o‘zining shaxsiy brendi orqali yiliga 10 million, reklama roliklaridan 47 million, ijtimoiy tarmoqlardagi izohning narxi 1 million va Nike kompaniyasidan 23 million dollar daromad topadi. Umumiy hisobda Krishtianu 1 yilda 116 million dollar pul ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya koronavirus pandemiyasi o‘chog‘i bo‘lgani bois, "Yuventus" klubi futbolchilarga 4 oylik maoshlarini bermaydigan bo‘ldi. Ushbu shartga barcha futbolchilar birdek rozi bo‘ldi. Rahbariyat ushlab qolgan pullarni koronavirusga qarshi kurashda foydalanishini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi