Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”ni sotib olishi mumkin – OAV
Sport
−
18:49 419 1 daqiqa
Besh karra “Oltin to‘p” sohibi, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu hozirda o‘zi to‘p surayotgan Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubini sotib olishi mumkin. Bu haqda DAZN Portugal nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu yana to‘rt nafar investor bilan birgalikda klubni sotib olish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Har bir investor kamida 92 million yevro miqdorida mablag‘ sarmoya kiritishi kutilmoqda.
41 yoshli Ronaldu faoliyati davomida besh marta Chempionlar ligasida, bir marta Yevropa chempionatida va ikki marta Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.
Portugaliyalik futbolchi terma jamoalar, Yevropa chempionatlari, Chempionlar ligasi va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2022 yil dekabr oyidan buyon “Al-Nasr” safida to‘p surmoqda. U faoliyati davomida shuningdek, “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va “Yuventus” klublarida ham o‘ynagan.
Live
Barchasi