Krishtianu doim yuragimda qoladi – Mendesh

Sport

image

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning sobiq agenti Jorje Mendesh futbolchi bilan munosabatlari haqida gapirdi.

“Krishtianu doim yuragimda qoladi. U men uchun alohida futbolchi va shaxs. Har bir portugaliyalik bizda u kabi futbolchi borligidan faxrlanishi kerak. Men bir gapni doim aytaman: u tarixdagi eng yaxshi futbolchi va shunday bo‘lib qoladi – hatto boshqalar bilan solishtirganda ham. U chinakamiga tinimsiz mehnat qildi va yoshlarga o‘rnak bo‘ldi. Ko‘pchilik Ronaldino va Messini tarixdagi eng kuchli futbolchi deb biladi, lekin Krishtianuda futbolchi uchun kerak bo‘lgan barcha xususiyat bor. U haqiqiy mashina”, deydi Mendesh.

Ronaldu va Mendeshning hamkorligi 2022 yil oxirida o‘z yakuniga yetdi. O‘sha vaqtda Krishtianu “Chelsi” yoki “Bavariya”ga o‘tishni xohlagan, biroq Mendesh ushbu klublar bilan kelishuvga erisha olmagan.

Ma’lumot uchun, Jorje Mendesh Radamel Falkao, Anxel di Mariya, Diyego Kosta, Xames Rodriges, Andre Gomesh va bir qator mashhur, murabbiylar Joze Mourino va Luis Felipe Skolarining ham agenti hisoblanadi. U ko‘p bora “Globe Soccer Awards” tomonidan “Yilning eng yaxshi futbol agenti” mukofotini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Mendesh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing