Kripto-do‘kon yuritish tartibi belgilandi
Texnologiya
−
03 noyabr 2022 8651 1 daqiqa
O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi belgilandi. Joriy yilning 31 oktyabr kuni Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Kripto-do‘kon o‘z faoliyatini kripto-do‘konning elektron platformasi yoki savdo ob’ekti orqali amalga oshiradi.
Kripto-do‘konda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi:
a) kripto-do‘konning elektron platformasi orqali:
• jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;
• chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish;
b) kripto-do‘konning savdo ob’ekti orqali:
• jismoniy shaxslar tomonidan bank o‘tkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;
• mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul ko‘rinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;
• mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.
Kripto-do‘konda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:
• majburiy identifikatsiyadan o‘tkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
• O‘zbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar;
• anonim kripto-aktivlar hamda o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalari.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr