Kremldan tahdid: Ukrainada “Bayraktar” zavodi ochilsa, yo‘q qilinadi

Olam

image

Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi Ukrainada “Bayraktar TB2” hujumchi uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarish zavodi ochilishi bilan darhol yo‘q qilinadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

"Bunday ob’ektni yaratilishi bilan demilitarizatsiya mavzusiga tushadi. Bu faqat ukrainaliklarning azob-uqubatlarini uzaytiradi, lekin maxsus harbiy operatsiya maqsadlaridan qochishga yordam bermaydi”, deydi Peskov.

Aytish joizki, kecha, 8 avgust kuni Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar “Baykar Makina” Ukrainada dron ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun yangi zavodiga yer sotib olganini ma’lum qildi.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, korxona loyihasining o‘zi allaqachon ishlab chiqilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday qaror “kompaniya egalarining deyarli shaxsiy majburiyati bo‘lgan”.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 iyul kuni Ukraina Vazirlar Mahkamasining Oliy Radadagi vakili Taras Melnichuk mamlakat hukumati Ukrainada Turkiya bilan “Bayraktar” dronlarini ishlab chiqarish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zavod qurishga ruxsat beruvchi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qullaganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, iyul oyi oxirida Turkiyaning “Haber 7” telekanali Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning so‘zlariga tayanib, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Bayraktar TB2” dronlariga qiziqish bildirgani haqida xabar tarqatgandi.

“Bayraktar TB2” Iroq, Suriya va Liviyada hamda 2020 yilning kuzida Qorabog‘ urushida Ozarbayjon tomonidan Armanistonga qarshi ishlatilgan. 2021 yilning kuzidan beri Ukraina dronlarning asosiy xaridori bo‘lib kelmoqda. Birinchi marta Ukraina Qurolli Kuchlari ulardan 2021 yil oktyabr oyi oxirida foydalangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

451

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing