Kreml Trampning “Putin aqldan ozgan” degan gapiga javob qaytardi

Olam

image

Avvalroq, AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni keskin tanqid qilib, uni “butkul aqldan ozgan” deb atagandi. Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Trampning bu bayonotini Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarga yordam berishi oqibatidagi “emotsional zo‘riqish” bilan izohladi.

“Vashington muzokaralarni boshlash uchun juda katta kuch sarfladi. Bu esa, tabiiyki, emotsional zo‘riqishga olib keladi”, dedi Peskov.

Shu tarzda u Donald Trampning Putinning Ukrainadagi harakatlaridan noroziligiga munosabat bildirdi.

“Albatta, muzokaralar jarayonining boshlanishi – bu amerikaliklar va shaxsan Prezident Tramp tomonidan ko‘rsatilgan katta sa’y-harakatlar natijasi bo‘lib, juda muhim yutuqdir. Biz amerikaliklarga va shaxsan Trampga muzokara jarayonini tashkillashtirish va ishga tushirishdagi ko‘magi uchun minnatdorlik bildiramiz. Bu juda mas’uliyatli daqiqadir, u hammani emotsional munosabatga undaydi. Biz barcha reaksiyalarni diqqat bilan kuzatib boramiz”, dedi Peskov.

Shuningdek, Peskovning ta’kidlashicha, Putin Rossiyaning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qarorlarni qabul qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Tramp 19 may kuni Putin bilan telefon orqali suhbatlashganini va mojaro bo‘yicha murosaga erishish imkoniyatini ko‘rayotganini aytgan edi. Unga ko‘ra, sanksiyalar joriy etilsa, vaziyat yanada yomonlashishi mumkin. Shunga qaramay, u “balki kelajakda sanksiyalar vaqti kelar” deb istisno etmagandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Vladimir Putin Donal'd Tramp Ukraina Dmitriy Peskov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing