Kreml Rossiyaning do‘stlarini ma’lum qildi

Olam

image

Xalqaro maydonda Rossiyaga nisbatan dushmanlik kayfiyatidagi davlatlardan ko‘ra do‘stona aloqalarni ustun ko‘ruvchi mamlakatlar ko‘proq. Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov "Argumenti i fakti" nashriga bergan intervyusida shunday fikr bildirgan.  

"Ehtimol, do‘stlar haqida gapirganda, gapni Xitoydan boshlashim kerak. Shuningdek, Hindiston ham. Keyin Osiyo va Tinch okeanidagi deyarli barcha mamlakatlarni ro‘yxatga kiritish mumkin. Balki, Avstraliyadan tashqari", degan Kreml vakili. 

Shuningdek, u Moskvaning Gruziya, Ukraina va Boltiqbo‘yi davlatlaridan tashqari deyarli barcha sobiq Sovet davlatlari bilan yaxshi aloqalari mavjudligini ta’kidlagan. 

"Bizning MDH Respublikalari bilan mukammal aloqalarimiz, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan chuqur integratsiyamiz mavjud", deya qo‘shimcha qilgan Peskov. 

Unga ko‘ra, Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlari, shuningdek, bir qator Yevropa davlatlari Rossiya bilan aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor. 

"Ha, Bryussel bilan ishlar yaxshi ketmayapti, lekin Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan muloqot davom etmoqda", degan davlat rahbarining Matbuot kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy Hindiston

Baholaganlar

755

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing