Kreml Rossiya dunyo bo‘ylab samolyotlarda teraktlar tayyorlagani haqidagi da’volarga munosabat bildirdi

Olam

image

Polsha Bosh vaziri Donald Tusk Varshavada Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Rossiya razvedka xizmatlari dunyoning turli aviakompaniyalari samolyotlariga qator teraktlar tayyorlayotganini aytdi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.

Tusk batafsil ma’lumot bermadi, ammo yaqin kelajakda qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘lishi mumkin. Avvalroq “The New York Times” Amerika razvedkasi Oq uyni tahdid haqida ogohlantirganini yozgandi. Unga ko‘ra, Rossiya maxsus xizmatlari AQSHga uchayotgan yuk samolyotlariga portlovchi moslamalar o‘rnatishni rejalashtirgan.

Tuskning ushbu bayonotiga Kreml voizi Dmitriy Peskov munosabat bildirdi. Peskov Polsha Bosh vazirining Rossiya butun dunyo bo‘ylab samolyotlarda teraktlar tayyorlagani haqidagi bayonotini “mutlaqo asossiz ayblovlar” deb atadi.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibining ta’kidlashicha, Polsha yolg‘on ma’lumot tarqatish bo‘yicha Yevropaning boshqa davlatlari orasida yetakchi bo‘lib qolmoqda.

“Polsha bunday asossiz ayblovlari bilan yaxshi tanilgan. Ba’zan hatto boshqa Yevropa mamlakatlari bilan solishtirganda, bu borada yetakchilikni saqlab qolishga harakat qiladi”, degan Peskov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi boshlarida Polshaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatgandi. Konsullik binosidan Polsha va Yevropa Ittifoqi bayroqlari olib tashlangan. Shuningdek, 5-Sovetskaya ko‘chasidagi binoning fasadidan bosh konsulxona yozuvi demontaj qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Pol'sha Vladimir Zelenskiy Donal'd Tusk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing