Kreml Putin va Erdo‘g‘anning uchrashuvi haqida ma’lumot berdi
Olam
−
28 Sentabr 2021
5884Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ertaga, 29 sentyabr kuni Sochida muzokaralar o‘tkazadi. Ularda Suriya, Liviya, Afg‘oniston va Zakavkazedagi vaziyat muhokama qilinadi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bergan.
“29 sentyabrda Sochida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Siyosiy, savdo va iqtisodiy sohalarda Rossiya-Turkiya hamkorligining turli jihatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Shuningdek, Suriya, Liviya, Afg‘oniston va Zakavkazedagi vaziyatning rivojlanishi kabi dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiniladi”, deyilgan xabarda.
Avvalroq, Erdo‘g‘an Turkiya Qrimning Rossiya tarkibiga kirishini tan olmasligi haqida gapirgandi.
LiveBarchasi