Kreml G‘arbning yadroviy ritorikasini provokatsiya deb atadi

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi alyansning mag‘lubiyati bo‘ladi, degan bayonotini Shimoliy Atlantika bloki Kiyev tomonida kurashayotganining tasdig‘i sifatida baholash mumkin. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Kreml vakili G‘arb yetakchilarining yadroviy ritorikasini tanqid qildi.

“Biz har kuni G‘arb davlat rahbarlari – AQSH, Yevropa – yadroviy ritorikani har kuni qo‘llayotganidan afsusdamiz. Biz buni juda zararli amaliyot, provokatsion amaliyot deb bilamiz”, deydi Kreml vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “bu mashg‘ulotlarda ishtirok etishni istamaydi va qatnashmaydi”.

“Katta yettilik”ning Ukrainani tiklash uchun Rossiya aktivlaridan foydalanish rejalarini izohlar ekan, Peskov bu tashabbuslar “xalqaro banditizm” va “o‘g‘irlikni qonuniylashtirish” ekanligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, Stoltenberg 11 oktyabr kuni NATO Mudofaa vazirligi rahbarlarining Bryusseldagi uchrashuvi arafasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossiyaning Ukrainadagi mojarodagi g‘alabasi NATO uchun mag‘lubiyat bo‘lishini aytgan edi. Alyans bosh kotibiga ko‘ra, NATO Ukrainada uzoq davom etadigan urushga tayyor bo‘lishi kerak.

Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Stoltenbergning bayonotiga izoh berib, uning Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi NATOning mag‘lubiyatini anglatishi haqidagi so‘zlari alyansning mojaroga aralashganini tasdiqlashini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

85

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing