Kreml AQSHning Ukrainani “Rossiya tajovuzidan” himoya qilish rejasiga javob qaytardi

Olam 12690
image
-

Agar Amerika Qo‘shma Shtatlari qo‘shinlari Ukraina hududida paydo bo‘ladigan bo‘lsa yoki NATO kuchlari qo‘shni davlatlarda kuchaytirilsa, Rossiyaning xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar talab qilinadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov aytib o‘tgan.

U AQSHning “vaziyat avj olgan taqdirda, mamlakat Ukrainani dushman bilan yolg‘iz qoldirmaydi va Rossiyaning tajovuzkor intilishlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaydi”, degan bayonotlariga shunday javob qaytargan. Peskov, shuningdek, NATO qo‘shinlarining Ukraina atrofidagi jangovar tayyorgarligini oshirishni taklif qilgan Kiyevning bayonotiga ham javob bergan.

“Shubhasiz, bunday ssenariy Rossiya chegaralari yaqinidagi keskinlikning yanada oshishiga olib keladi. Va, albatta, bu uning xavfsizligini ta’minlash uchun Rossiya tomonidan qo‘shimcha choralarni talab qiladi”, deydi Peskov.

Peskov ushbu vaziyatda qanday qo‘shimcha choralar talab qilinishi mumkinligi haqidagi savolga vakil “barcha zarur narsalar”, deya javob bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Donbas va Qrimda davom etayotgan tajovuzi sharoitida AQSH Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagandi.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 638
Reyting: 2.9
t
×