Kredit va aliment pulini to‘lamaganlarning qimor o‘ynashi taqiqlanyapti 

Olam

image

Qozog‘iston parlamenti onlayn-kazino va bukmekerlik reklamasi ustidan nazoratni kuchaytirish choralarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Forbes.kz xabar berdi.

Mamlakat Bosh vaziri Alixon Smailov qozog‘istonliklar orasida qimor o‘yinlariga qaramlik ortib borayotganini aytib o‘tgan. Unga ko‘ra, qimorbozlik mamlakatda ichkilikbozlik va giyohvandlik bilan birga oilalardagi ajralishlarning asosiy sabablaridan biriga aylangan.

“Vazirlar Mahkamasi qimor o‘yinlariga qaramlikka qarshi kurashishga qaratilgan bir qancha me’yoriy hujjatlarni tayyorladi. Birinchi navbatda, bu bukmekerlar, lotereyalar va onlayn kazinolarni reklama qilishni taqiqlaydi”, degan Smailov.

25 yoshdan kichik fuqarolar, shuningdek, qarzdorlar yagona reyestridagi shaxslarning qimor o‘yinlarida ishtiroki taqiqlanishi mumkin.

Qonun loyihasi kuchga kirgach, aliment to‘lamaganlar va bank krediti to‘lovi bo‘yicha muddati o‘tib ketgan shaxslar onlayn qimorlarga pul tikishi va kazinolardagi o‘yinlarda qatnashishi cheklanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston onlayn qimor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing