Krasnoyarsk o‘lkasidagi narkologiya klinikasida yong‘in yuz berdi

Olam

image

Bugun, 17 sentyabr kuni, mahalliy vaqt bilan soat 03:46 da Krasnoyarskdagi xususiy narkologiya klinikasida yong‘in yuz berdi. Yong‘in natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

"Soat 03:46 da Krasnoyarsk shahridagi Mira prospektida joylashgan "Toza shahar" xususiy giyohvandlik klinikasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushdi. Tergov qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, olti kishi jarohat oldi, ulardan to‘rt nafari vafot etdi", deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabarida.

Yong‘in birinchi qavatda joylashgan ofisda 10 kvadrat metr maydonda sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar olti kishini qutqargan, binolarda odamlarning bor-yo‘qligi tekshirilgan, alanga o‘chirilgan. Evakuatsiya qilinganlar uchun avtobus yuborilgan. Klinika binosidan 16 kishi qutqarilgan. Turar joy binosining kirish qismidan esa 12 kishi evakuatsiya qilingan.

Ma’lumot uchun, palatalarning biridagi lampada qisqa tutashuv bo‘lgani yong‘inga sabab qilib ko‘rsatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Krasnoyarsk

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing