Krasnodarda qiruvchi samolyot uy ustiga quladi. Qurbonlar bor
Olam
−
17 Oktabr 2022
16417Rossiyaning Krasnodar o‘lkasining Yeysk shahrida Su-Z4 qiruvchisi turar-joy binosi ustiga qulab tushdi. Oqibatda yong‘in chiqdi va 2 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Su-34 Janubiy harbiy okrugdagi harbiy aerodromdan o‘quv parvozini amalga oshirish uchun ko‘tarilayotganda halokatga uchragan.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, hodisaga uchish vaqtida dvigatellardan birining yonishi sabab bo‘lgan. Su-34 samolyoti qulagan joyda turar-joy binosi hovlisida to‘kilgan yoqilg‘i yonib ketgan.
Favqulodda vaziyat oqibatida bino yonib ketdi.
Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Yeyskdagi turar-joy binosida aviahalokatdan keyin yong‘in maydoni 2000 kvadrat metrni tashkil etadi.
“Tezkor xizmatlarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, SU-34 harbiy samolyoti halokatga uchragan. Oqibatda to‘qqiz qavatli binoda yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in bir vaqtning o‘zida bir necha qavatni qamrab olgan. 17 ta xonadon shikastlangan”, deydi Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratev.
Voqea joyida o‘t o‘chirish brigadalari va tez yordam mashinalari ishlamoqda. Krasnodar va tibbiy aviatsiyadan kuyish bo‘limi mutaxassislari yuborilgan.
Mahalliy hokimiyat yong‘in ichida qolgan uy aholisini vaqtinchalik joylashtirish markazlariga jo‘natgan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin aviahalokatda jabrlanganlarga barcha zarur yordamni ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi. Davlat rahbari vaziyat yuzasidan Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratev, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Aleksandr Kurenkovning hisobotlarini eshitib, Yeysk shahriga uchib ketishni topshirdi.
Mahalliy hokimiyat yong‘in ichida qolgan uy aholisini vaqtinchalik joylashtirish markazlariga jo‘natgan.
FVV ma’lumotlariga ko‘ra, 2 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohatlangan.
LiveBarchasi