Krasnodar o‘lkasida dron hujumi tufayli neft bazalari yonib ketdi

Olam

image

Krasnodar o‘lkasida bugun, 6 iyulga o‘tar kechasi dron hujumi tufayli ikkita neft ombori yonib ketdi va aloqa minorasi zarar ko‘rdi. Bu haqda mintaqaning operativ shtabi xabar berib, zarbalar uchun Ukrainani aybladi.

Operativ shtab ma’lumotlariga ko‘ra, dronlar ikki hududda urib tushirilgan. Vayronalar Yeyskdagi aloqa minorasiga ozgina zarar yetkazgan, dron hujumi oqibatida Leningradskaya qishlog‘idagi neft omborida ham yoqilg‘i yonib ketdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.

Rossiya Mudofaa vazirligi va Krasnodar o‘lkasi rasmiylari hozircha hujumlar va ularning oqibatlari haqida yozmagan.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Rossiya hududlari muntazam ravishda o‘qqa tutilib, uchuvchisiz samolyotlar hujumiga uchramoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hujumlarining “bostirilgani” va Rossiya hududi ustida urib tushirilgan raketalar va uchuvchisiz samolyotlar haqida xabar beradi. Vayronagarchilik va qurbonlar bor. Aksariyat hollarda Kiyev bu xabarlarga izoh bermaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Krasnodar dron hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing