Kramatorskda mehmonxonaga zarba berildi. “Reuters” jurnalistlari jarohat oldi
Olam
−
25 avgust 2024 7453 1 daqiqa
Ukrainaning shimoli-g‘arbidagi Donetsk viloyatidagi Kramatorsk shahrida bugun, 25 avgustga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan mehmonxona binosiga uyushtirilgani taxmin qilingan hujum oqibatida Ukraina, AQSH va Buyuk Britaniya jurnalistlari va fuqarolari yaralandi. Bu haqda Donetsk viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Vadim Filashkin ma’lum qildi.
Keyinchalik “Reuters” agentligi uning xodimlari, jami olti nafari “Sapfir” mehmonxonasida yashaganini xabar qildi. Ulardan ikki nafari zarba oqibatida jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Agentlikning yana bir jurnalisti bedarak yo‘qolgan va vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin. Hozircha jurnalistlarning ism-shariflari e’lon qilinmagan.
Ikki qavatli mehmonxona binosi qisman vayron bo‘lgan. Ukraina prokuraturasiga ko‘ra, zarba “Iskander-M” raketasi bilan amalga oshirilgan ko‘rinadi.
Rossiya harbiylari bu haqidagi xabarlarga izoh berilmagan. Urush tarafdori bo‘lgan bloggerlar mehmonxonaga zarba berilgani haqidagi xabarlarni tasdiqlab, u yerda harbiylar yashaganini da’vo qilmoqda.
Kramatorskdagi hujum vaqtida Ukrainada ishlayotgan polshalik jurnalist Monika Andrusshevska ham jarohat oldi.
“Polsat”ning yozishicha, u mehmonxonada yashamagan, to‘qnashuv vaqtida mashinada o‘tib ketayotgan bo‘lgan.
Ukraina rasmiylariga ko‘ra, kecha, 24 avgust kuni kechqurun Rossiyaning Sumi shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi yaralangan.
Xersonda kechasi va bugun ertalab otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr