Kosonsoy tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
22 dekabr 2021
10174Bugun, 22 dekabr kuni xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tumanning yangi hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etdi va tumanning sobiq hokimi Bahodir Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tuman hokimligiga yangi rahbar nomzodini ilgari surdi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tomonidan taqdim etilgan Dilmurod G‘afurovich Qodirov nomzodi Kosonsoy tuman deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Bugungi kunga qadar Norin tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Dilmurod Qodirov tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dasturini tuman Kengashida taqdimot qildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan Dilmurod G‘afurovich Qodirov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Avvalroq Buxoroning Romitan va Samarqandning Bulung‘ur tumanlarida hokimlar o‘zgargani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi