Kosondagi bog‘chada 2,5 yashar qiz vafot etgani yuzasidan jinoiy ish ochildi
3-sahifa
−
28 iyun 8047 1 daqiqa
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi vafot etgani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat 2025 yilning 20 iyun kuni xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan. 2,5 yoshli qizaloqning tobi bo‘lmay qolgani haqida xabar berilgan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shamsutdinovning qo‘shimcha qilishicha, barcha zarur tergov harakatlari o‘tkazilganidan so‘ng ish bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelinadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 mart kuni Buxoro viloyati Buxoro tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor X.O‘.ga qarashli bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachining e’tiborsizligi tufayli 2023 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. elektr toki urishidan vafot etgandi.
Live
Barchasi