Kosonda hokimlik xizmat mashinasida urib yuborilgan fuqaro vafot etdi
3-sahifa
−
16 yanvar 2021
7771Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida hokimning xizmat mashinasi piyodani urib yuborishi natijasida, u halok bo‘ldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar berdi.
2020 yil 12 dekabr kuni soat 20:00 larda A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Benau” avtomobil yo‘lining 82-kilometrida yuz bergan. J.R. boshqaruvidagi Koson tumani hokimiyatiga tegishli Captiva rusumliavtomobil, “Qarshi-Koson” yo‘nalishi tomon hushyor holatda boshqarib borayotib, avtomobil yo‘lining Koson tumani, “O‘rta Obron” MFY, Mustaqillik ko‘chasida avtomashina yo‘nalishiga nisbatan yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga qarab piyoda kesib o‘tayotgan fuqaro J.Sh.ni urib yuborgan.
Oqibatda fuqaro J.Sh og‘ir tan shikasti olib, hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joy Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi kapitan X.Valiyev va tergov-tezkor guruhi a’zolari tomonidan ko‘zdan kechirilib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Marhum J.Sh.ni o‘lim sababini aniqlash maqsadida RSTEIAM Qashqadaryo filiali ekspertlari tomonidan 12 dekabrda sud tibbiyot ekspertiza ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro J.Sh.ni yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etganligi bo‘yicha Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borish uchun Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborilgan.
Ushbu jinoyat ishi Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan ish yurituvga olinib, dastlabaki tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha sudga oid avtotexnika, izshunoslik va transport baxolash ekspertizasi tayinlangan.
Hozirgi kunda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov xarakatlari Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan davom ettirilmoqda.
Dastlabki tergov harakatlari davomida transport vositasini J.R. boshqarganligi ma’lum bo‘ldi, shu sababli fuqaro J.R himoyachi ishtirokida jinoyat ishida JKning 266-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, so‘roq qilingan.
LiveBarchasi