“Korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlar kechirilmaydi“. Mirziyoyev ba’zi rahbarlarni qat’iy ogohlantirdi
Jamiyat
−
15 aprel 2022 11487 1 daqiqa
Viloyat, tuman va shahar hokimlari, iqtisodiy va investitsiya komplekslari tarkibiga kiruvchi idoralar, ayniqsa soliq, bank, infratuzilmaga javob beradigan idora rahbarlar tadbirkorning har bir loyihasini amalga oshirishga shaxsan mas’ul va javobgar bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.
Davlat rahbari bugungi selektor doirasida tadbirkorlik uchun qo‘shimcha 500 million dollar kredit mablag‘lari ajratilayotganini ta’kidladi.
“Nima uchun? Chunki, qanchalik qiyin bo‘lmasin, hozirgi murakkab vaziyatda xalqimiz farovonligini, davlatimizning barqaror rivojlanishini o‘ylashimiz shart. Ajratiladigan har bir dollar, har bir so‘m byudjetdanmi, bankdanmi - bu hammasi xalqning puli. Mablag‘lar faqat va faqat o‘zini oqlaydigan, odamlarning daromadini oshiradigan va ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga yo‘naltirilishi kerak”, deydi Mirziyoyev.
Yig‘ilish davomida Prezident viloyat, tuman va shahar hokimlari, iqtisodiy va investitsiya komplekslari tarkibiga kiruvchi idoralar, ayniqsa soliq, bank, infratuzilmaga javob beradigan idora rahbarlarini qat’iy ogohlantirdi.
“Ushbu rahbarlar tadbirkorning har bir loyihasini amalga oshirishga shaxsan mas’ul va javobgar bo‘ladi. Byurokratiya va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlar kechirilmaydi, aybdorlar so‘zsiz javobgarlikka tortiladi”, deydi Prezident yig‘ilish yakunida.
Live
Barchasi