Korrupsiyaga oid javobgarlik yanada kuchaytiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning aprel oyida “Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan korrupsiyaga qarshi o‘tkazilgan ijtimoiy sohadagi so‘rov ishtirokchilarining 62 foizi korrupsiyaga qarshi kurashishda jinoiy javobgarlikni og‘irlashtirish “eng yaxshi samara”, deya fikr bildirgan. Bu haqda Bosh prokuror birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Valiyev xorijiy tajribada korrupsiyaga qarshi kurashishda jinoiy javobgarlik qanday ekani haqida to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra AQSH, Fransiya, Janubiy Koreya, BAA va Saudiya Arabistoni davlatlarida korrupsiya jinoyati uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazo choralari qo‘llaniladi. 

Shuningdek, Qozog‘iston va Rossiyada pora olganlik uchun maksimal jazo miqdori muayyan lavozimni egallash huquqidan umrbod cheklash va 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun maksimal jazo 10 yildan 15 yilgacha jazo belgilangan. 

Bundan tashqari, Ukrainada mol-mulkni o‘zlashtirish va rastarata yo‘li bilan talon-toroj qilganlik uchun 12 yil, Gruziyada 11 yil, Ozarboyjonda 14 yil, O‘zbekistonda esa 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlash nazarda tutilgan. 

Shu bois, joriy yilning 6 iyulda Prezident tomonidan imzolangan PF-6257-sonli farmonida Bosh prokuraturaga va tegishli idoralar bilan birgalikda uch oy ichida  Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish vazifasi yuklatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing