Korrupsiyaga oid bahsli xabarlar bo‘yicha jamoatchilikka hisob berish tartibi tasdiqlandi

Jamiyat

image

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining faoliyatini takomillashtirishning qo‘shimcha choralari haqida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qaror bilan korrupsiyaviy jinoyatlar borasida jamoatchilikni xabardor qilishning yangi tartibi o‘rnatiladi. Unga ko‘ra:

•    ommaviy rezonans va muhokamalar, ya’ni jamiyatning ma’lum bir hodisaga nisbatan hissiy munosabatiga sabab bo‘lgan, jamoatchilik e’tiborini tortgan va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar aks etgan xabarlar bo‘yicha – 10 kun muddatda;
•    boshqa korrupsiyaviy jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risida – har chorak yoki yarim yillik yakunlari bo‘yicha;
•    korrupsiyaga oid jinoyatchilik holati, tendensiyalari, sodir bo‘lish sabab va shart-sharoitlari, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida – yil yakuni bo‘yicha.

2022 yil 1 yanvardan fuqarolarga korrupsiya haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi tunu-kun faoliyat yuritadigan “Call-markaz” ishga tushiriladi.

Ma’lumot uchun, Prezident qarori bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga qo‘shimcha vakolatlar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing