Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi alohida organ tuziladi. U Prezidentga hisob berib boradi

Jamiyat 5370
image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashuvchi alohida organ tashkil etishni taklif qildi. 

Davlat rahbari mamlakatda mas’ul idoralar rahbarlari orasida halollik vaksinasi targ‘ib qilish masalasiga to‘xtaldi. Yangi tuzilayotgan organ eng avvalo tibbiyot, qurilish va oliy ta’lim sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurashadi. 

“Afsuski, jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishi bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi. Takror va takror aytaman, bu illatni yo‘q qilmasak, birorta tarmoq rivojlanmaydi. Tadbirkor hanuzgacha yer ajratish, kadastr, qurilish, litsenziya, bojxona, davlat xaridlari kabi sohalarda korrupsiyaga duch kelmoqda”, deydi davlat rahbari. 

Prezident so‘zida davom etarkan, bu boradagi kurashni yanada kuchaytirish va natijaga erishish uchun halollik vaksinasidan foyldalanish haqida gapirdi. 

“Eng katta masala shuki, halollik vaksinasini qayerdan olamiz? “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armasi ishtirokida mana shu muhitni yaratishimiz zarur”, deydi Prezident.

“Prokuratura ham bilan, Ichki ishlar ham bilan. Yonimizda yuribdi korrupsinerlar. Kelinglar, mard bo‘lib ular bilan kurashaylik hammamiz. Mana shu masala bilan qattiq kurashmasak, islohotlarimizni amalga oshirolmaymiz. Og‘ir bo‘ladi, qiyin bo‘ladi, korrupsiya oyog‘imizga kishan. Biz bu kishandan ozod bo‘lishimiz kerak. Biz korrupsiyaning oqibati bilan kurishishdan, uning oldini olish ustida ishlashimiz kerak. Ushbu vazifalar ijrosini tizimli ta’minlash maqsadida Parlament va Prezidentga hisob beradigan korrupsiyaga qarshi kurashga mas’ul bo‘ladigan alohida organ tashkil etishni taklif etsam, nima deysizlar?”, deydi davlat rahbari. 

Prezidentning taklifi yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 137
Reyting: 3.1
Teglar
t
×