Korrupsiya haqida xabardor qilish uchun maxsus dastur ishga tushiriladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgani haqida xabar bergan edik.

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, Agentlikni xodimlar bilan to‘ldirish konkurs asosida xalqaro standartlarga muvofiq Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

2020–2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Farmon bilan quyidagilar joriy etiladi:

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi “E-Anticor.uz” elektron platformasi;

korrupsiya holatlari haqida Agentlikni xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dasturiy ta’minot.

O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari tashkil etildi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing