Korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderi beriladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarga himoya orderi beriladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 30 dekabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmonida so‘z boradi.

Farmonga ko‘ra, quyidagi imkoniyatlarga ega “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi 2026 yil 1 iyuldan sinov rejimida ishga tushiriladi, jumladan:

  • Korrupsiyaning oldini olish klasteri ishtirokchilari o‘rtasida tezkor ma’lumot almashish;
  • Dasturiy kompleksning “E-Komplaens” modulini ishga tushirish orqali korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini to‘liq raqamlashtirish.

Agentlikka davlat organlari va tashkilotlari markaziy apparatining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalariga tizim tashkilotlariga qonunbuzilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va ularni bartaraf etish yuzasidan taqdimnomalar kiritish huquqi beriladi.

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni mehnat faoliyatida ta’qib, tazyiq holatlaridan himoya qilish maqsadida, Agentlik tomonidan himoya orderini taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.

Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga munosib hissa qo‘shgan shaxslarni rag‘batlantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida 2026 yilda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda favqulodda holat e’lon qilinishini ma’lum qilgan edi. Shuningdek, Prezident komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytirilishini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya himoya orderi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing