Korporativ tadbir o‘tkazganlar javobgarlikka tortiladi – SSV

Jamiyat

image

Yangi yil bayrami arafasida korporativ tadbirlar o‘tkazishga cheklovlarni buzganlar qat’iy javobgarlikka tortiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan vazirlik, idoralar, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va boshqa xo‘jalik tashkilotlariga turli xil korporativ va ko‘ngilochar bayram tadbirlari tashkil etish taqiqlandi.

“Idoralar rahbarlari nazarda tutilgan cheklovlarga qat’iy rioya etilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladilar. Cheklovlar buzilishi kuzatilgan taqdirda tegishli tartibda hayfsan, jarima kabi qator javobgarlik choralari ko‘rilishi haqida ogohlantirildi”, deyiladi SSV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarorida pandemiya sharoitida Yangi yil bayramini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ham berib o‘tilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

SSV Yangi yil

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing