Koronavirusning yengil shakli dorilarsiz o‘tib ketishi mumkinmi?

Salomatlik

image

Koronavirusning yengil darajasini organizmning o‘zi yengishi mumkin. Virusning yengil darajasida hech qanday antibiotiklar buyurilmaydi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva ma’lum qildi

“Aniq ma’lumotlarga ko‘ra, bemor bilan muloqotda bo‘lgan aholining 80 foizida kasallik simptomlarsiz, ya’ni yengil darajada o‘tadi. Mazkur bemorlarda immun tizim yaxshi rivojlangan bo‘ladi”, deydi Sevara Ubaydullayeva.  

Shtab a’zosining so‘zlariga ko‘ra, bunday bemorlar kasallikni antibiotiklar va boshqa kuchli dori vositalarisiz yengishi mumkin. Bu holatlarda shifokorlar tavsiyasi va nazoratida immun tizimini qo‘llab turish, shaxsiy gigiyena qoidalari hamda karantin talablariga rioya qilish o‘ta muhim hisoblanadi. 

Shuningdek bemorlar:
•  tomoqni tez-tez turli eritmalarda kuniga 8 marta chayib turish;
•  kun davomida 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish;
•  sog‘lom ovqatlanish, ovqat ratsionida meva va sabzavotlarning bo‘lishi;
•  S vitaminiga boy mahsulotlar limon, na’matak, malina choylarni ichish, bulg‘or qalampiri, piyoz va ko‘katlar iste’mol qilish;
•  shu bilan birga, tez-tez nafas gimnastikalari, yengil yurish va mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 14 sentyabr 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olgan bemorlar soni 47 620 nafarga yetgan. Hozirda bemorlarning 83 nafari og‘ir, 246 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

613

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing