Koronavirusning yangi shtammi yana 8 ta davlatda aniqlandi

Olam

image

Buyuk Britaniyada aniqlangan yuqumliroq koronavirus shtammi (VOC 202012/01) yana sakkiz mamlakatda aniqlandi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning haftalik yangiliklarida aytilgan. 

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirusning ushbu shtammi 94 ta davlatda allaqachon qayd etilgan.

Tashkilot shuningdek, Janubiy Afrikada (501Y.V2), Braziliya va Yaponiyada (P.1) ro‘yxatdan o‘tgan shtammlarning tarqalish geografiyasi kengayganini xabar qilgan. 

O‘tgan hafta davomida yana ikkita mamlakatda 501Y.V2, oltitasida P.1 aniqlangan. 

Shu tarzda, Janubiy Afrika shtammi 46 ta davlatga, Braziliya va Yaponiya shtammi 21 ta davlatga tarqalgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

297

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing