Koronavirusning yangi shtammining eng xavfli jihati aytildi

Olam

image

London Gigiyena va tropik tibbiyot maktabi yuqumli kasalliklarni matematik modellashtirish markazi olimlari koronavirusning yangi turining asosiy xavfi haqida ma’lumot bergan. Bu haqda "Phys.org" xabar bergan.

Ularning fikriga ko‘ra, koronavirusning "britancha" shtammi shifoxonaga yotqizilganlar sonining o‘sishiga, shuningdek, o‘lim statistikasidagi salbiy o‘zgarishlarga olib keladi. 

Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, virusning ushbu turi uni yuqtirgan odam uchun katta xavf tug‘dirish yoki tug‘dirmasligi hozircha aniqlanmagan. Biroq, olimlar shtamm o‘ta yuqumli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. 

Shuningdek, olimlarning aytishicha, agar hukumatlar ta’lim muassasalarini yopish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, davlatlar tomonidan o‘rnatilgan mintaqaviy cheklovlar yangi COVID-19 shtammining tarqalishiga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmaydi. 

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. 

Shundan so‘ng, Buyuk Britaniya Hukumati yangi cheklovlar o‘rnatilishini e’lon qildi. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plandi. Shuningdek, bir qancha davlatlar yangi turdagi koronavirus qo‘rquvi sabab Buyuk Britaniya bilan aviareyslarni to‘xtatdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

667

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing