Koronavirusning yangi shtammi aniqlangan Afrika mamlakatida cheklovlar kuchaytirildi 

Olam

image

Janubiy Afrika Respublikasida COVID-19 bilan kasallanayotganlar soni ko‘paygani sababli ommaviy tadbirlar, barlar faoliyati, spirtli ichimliklar savdosi taqiqlandi. Bu haqda "The Guardian" xabar bergan. 

Mamlakatda, shuningdek, jamoat plyajlari va basseynlar yopilgan. Soat 21:00 dan 6:00 gacha komendantlik soati joriy etilgan. 

Mamlakat Prezidenti Siril Ramafosa mast bo‘lib, epidemiyaga qarshi talablarni bajarishni to‘xtatayotgan fuqarolarning mas’uliyatsiz xatti-harakatlari sog‘liqni saqlash tizimiga yuk orttirayotganini ma’lum qilgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ular nafaqat infeksiyaning tarqalishiga hissa qo‘shadi, balki janjallari tufayli shoshilinch tibbiy yordam xonalarini jarohat olgan bemorlarga ham to‘ldirib yuboradi. 

Shuningdek, Prezident jamoat joyida niqobsiz yurgan fuqarolar jarima to‘lashi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishini eslatgan. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Afrika Respublikasida koronavirusga chalinganlar 1 mlndan oshgan. 27 ming 71 nafar bemor vafot etgan. 

24 dekabr oqshomidan beri infeksiya yuqtirganlar soni 50 mingdan oshgan. Prezident kasallikning o‘sish sur’atini misli ko‘rilmagan deb atagan. 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya va Janubiy Afrika Respublikasida koronavirusning yangi shtammlari aniqlangan. Olimlarning fikriga ko‘ra, ular yuqumliroq hisoblanadi. Buning ta’sirida ko‘plab mamlakatlar Buyuk Britaniya va Janubiy Afrika bilan aviaqatnovlarga cheklovlar qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus JAR

Baholaganlar

46

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing