Koronavirusning uzoq muddatli asoratlari aniqlandi

Salomatlik

image

Olimlar intellektual qobiliyatning yomonlashuvi koronavirusning uzoq muddatli asoratlaridan biriga aylanishi mumkinligini aniqladi. Bu boradagi tegishli tadqiqotlar medRxiv portalida e’lon qilingan, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Xususan Londondagi Imperial kolleji neyrofiziklari koronavirus bilan kasallangan 84 mingdan ortiq britaniyalik ustida tadqiqot o‘tkazdi. Ular xotiraning mustahkamligi va kognitiv imkoniyatlarini sinash maqsadida onlayn-testdan o‘tgan. Olingan natijalar Buyuk Britaniyaning istalgan fuqarosi o‘zining intellektini tekshirishi mumkin bo‘lgan Great British Intelligence Test loyihasi ma’lumotlari bilan solishtirilgan.

Natijalarni tahlil qilish davomida mutaxassislar yosh, jins, ta’lim darajasi, ish faoliyati va surunkali kasalliklar mavjudligi kabi omillarni hisobga olgan. Testning yakuniy natijalariga ko‘ra, COVID-19’ning og‘ir shakli bilan og‘rigan bemorlar aqliy salohiyat bo‘yicha Buyuk Britaniyaning 65 foiz aholisida ortda qolgan.

Tadqiqot rahbari Adam Xempshir fikricha o‘tkazilgan tahlillar koronavirusdan sog‘aygan insonlarda kognitiv va ijro etuvchi funksiyaning ko‘p jihatlarida muammolar kuzatilishi to‘g‘risidagi gipotezaga isbot bo‘la oladi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus asorat

Baholaganlar

443

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing