Koronavirusning oldini olish uchun yangi usul aniqlandi

Salomatlik

image

Og‘iz yuvishda maxsus vositadan foydalanish turli bakteriyalar va viruslar, shu jumladan yangi turdagi koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfini kamaytiradi. Bu Buyuk Britaniyadagi Kardiff universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lgan. 

Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, tarkibida setilpiridinyum xlorid bo‘lgan og‘iz yuvish vositalari og‘izda SARS-nCov-2 virusli moddasi miqdorini kamaytirishi mumkin. 

Mutaxassislar uch oy davomida yuqoridagi mashhur og‘iz yuvish vositalarining ta’sir kuchini o‘rganishgan. Natijada, bunday suyuqliklar COVID-19 bilan kurashishda yordam berishi mumkinligini aniqlashgan.

"Biroq, ushbu tadqiqotni hali yana o‘rganish maqsadga muvofiq", deyilgan xabarda. 

Ma’lumot uchun, pandemiya boshlanganidan beri dunyo bo‘ylab 55 milliondan ortiq koronavirus holatlari ro‘yxatga olingan. 38 milliondan ziyod odam sog‘aygan va 1,3 milliondan ko‘p bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

COVID-19 KORONAVIRUS

Baholaganlar

425

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing