Koronavirusning “qadami” yana bir davlatga yetdi

Olam

image

Solomon Orollarida birinchi koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Manasse Sogavare ma’lum qildi.

“Endi bizda COVID-19 bilan kasallanishning ilk holati bor. Filippindan kelgan talabada koronavirus aniqlandi. Menga bu haqda gapirish og‘ir: biz koronavirusdan holi davlat maqomini yo‘qotdik”, degan Sogavare.

Ta’kidlanishicha, infeksiya talaba poytaxt Xoniaruga kelganida oddiy test yordamida aniqlangan. Ammo koronavirusga xos alomatlar ko‘rinmagan. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, talabada Solomon Orollariga uchishdan oldin o‘tkazilgan test natijasi manfiy bo‘lgan.

Ayni vaqtda Sog‘liqni saqlash vazirligi bemor kimlar bilan aloqada bo‘lganini o‘rganyapti. Sogavare mamlakatda karantin rejimini o‘rnatish haqida hozircha hech qanday gap yo‘q.

Ma’lumot uchun, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 mart kuni koronavirus tarqalishini pandemiya deb e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

738

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing