Koronavirusning g‘alati jihatlari ma’lum qilindi
Olam
−
20 aprel 2020 27023 1 daqiqa
Yuqumli kasalliklar shifokori, rossiyalik Vladimir Nikiforov COVID-19 ning g‘alati jihatlari haqida gapirdi. U bu haqda “Rossiya 1” telekanali efirida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, koronavirus klassik epidemiologiya qonunlariga amal qilmaydi. Shifokor, shuningdek, bemorning o‘pkasidagi o‘zgarishlar va uning sog‘lig‘i holatlarining mos kelmasligi haqida ta’kidladi.
Nikiforovning ta’kidlashicha, keyinchalik “halokatli holat” yuz beradi va bemorning ahvoli yomonlashadi.
Yuqumli kasalliklar mutaxassisi rentgen bilan qaralsa, koronavirusda pnevmoniya belgilari deyarli yo‘qligini ta’kidladi.
“Bizni yangi bir narsa kutmoqda. Men bu dahshatli deb aytmasdim, lekin hamma narsa tushunarsiz - hammasi g‘alati” deya qo‘shib qo‘ydi Nikiforov.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust