Koronavirusning eng yuqumli davri ma’lum bo‘ldi

Salomatlik

image

SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasini yuqtirgan odam  hid bilish sezgisini yo‘qotish, holsizlik va yo‘tal kabi alomatlar paydo bo‘lishidan ikki-uch kun oldin boshqalarga katta xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda Rospotrebnadzor markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya institutining klinik-tahlil ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Natalya Pshenichnaya ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning dastlabki kunlarida, hatto koronavirusning yengil shakli bo‘lgan bemorlarda ham yuqori nafas yo‘llaridan ko‘p miqdorda viruslar tarqalishi mumkin. Pshenichnaya odam infeksiya yuqtirganidan keyingi birinchi haftada virusni faol ravishda tarqatishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Mutaxassis kasallikning 4-kunida yuqori nafas yo‘llarida virus chiqarish o‘ziing “pik” nuqtasiga yetishini aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, kasallikning o‘rtacha-og‘ir va og‘ir shakllarida yuqori nafas yo‘llarida virus ajratish ko‘p hollarda uch haftagacha, kasallikning yengil shaklida esa 10 kungacha davom etadi.

Shu bilan birga, immunitetida muammosi bor bemorlarda virus yuqori nafas yo‘llaridan 70 kungacha ajralishi mumkinligi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

1547

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing