Koronavirusning eng katta xavfi ma’lum qilindi
Bu qiziq
−
07 avgust 2020
44795Koronavirusning simptomsiz yengil turi ham o‘pkani zararlaydimi? Ushbu savolga AOKAda o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov javob berdi.
“Ha, kasallikning simptomsiz yengil turi ham 5 foizgacha o‘pkani zararlashi mumkinligi tasdiqlangan.
Kasallik asorat qoldirmasligi uchun shifokor tavsiyasi bilan o‘z vaqtida davolanish muhim”, deydi mutaxassis.
Ayni vaqtda yangi turdagi koronavirus COVID-19 ning “muallifi” bo‘lgan Xitoyning Uhan shahrida koronavirusdan sog‘ayganlarning 90 foizida hozir o‘pka yallig‘lanishi kuzatilmoqda degan fikrlar mavjud. O‘pka yallig‘lanishini keyinchalik davolasa bo‘ladimi? Ikromov ushbu savolga quyidagicha javob berdi:
“Barcha holatlarda ham o‘pka yallig‘lanishi koronavirus tufayli kelib chiqmaydi.
Pnevmoniyani davolashning samarali usullari mavjud va bu kasallikni davolasa bo‘ladi.
Koronavirusning eng katta xavfi — o‘pka fibrozi, ya’ni o‘pka chandig‘iga olib kelishidir. Bunda virus havo yetib borish klapanlarini yopadi. Natijada bemor keyinchalik yurak va nafas yetishmovchiligidan aziyat chekadi.
O‘pka chandig‘i uzoq yillarda tiklanadi. Gohida bir umrlik nogironlikka ham olib kelishi mumkin”.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 28 809 nafarni tashkil etmoqda. Bemorlarning 179 nafari vafot etgan, 19 587 nafari sog‘aygan.
LiveBarchasi