Koronavirusning asosiy alomatlari o‘zgardi – JSST

Olam

image

Endi isitma yoki hid va ta’m bilish qobiliyatining yo‘qolishi koronavirus infeksiyasiga xos asosiy belgilar emas. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maxsus vakili Devid Nabarro ma’lum qildi, deya xabar berdi SSV.

Devid Nabarro ayni paytda tomoq va bosh og‘rig‘i hamda burun bitishi yangi mutatsiyalarning yetakchi alomatlari sifatida namoyon bo‘layotganini qayd etdi. 

“Hozir COVID-19 juda “aqlli” virusga aylanmoqda. Shu sababli unda inson immunitetiga “chap berish” xususiyati rivojlanyapti. Bu esa kasallanishlar soni ortishiga xizmat qilyapti”, deydi Nabarro.

Shunga qaramay, mutaxassislar koronavirusga qarshi vaksinalar yangi mutatsiyalarning bemorlarda yengil va asoratsiz o‘tishini ta’minlaydi, degan fikrda. 

Ma’lumot uchun, oxirgi haftalarda koronavirus yana kun tartibiga chiqdi. Dunyo bo‘ylab “omikron”ning BA.4, BA.5, BA.2.12.1 versiyalari tarqalmoqda. Eng yangi subvariant BA.2.75 – "kentavr" Hindistonda paydo bo‘lib, allaqachon dunyoning 10 dan ortiq davlatiga kirib bordi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

863

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing