“Koronavirusni o‘ldiruvchi” robot ixtiro qilindi
Texnologiya
−
02 aprel 2021
6238Shveysariyada ultrabinafsha nurlari yordamida barcha mikroblar bilan kurasha oladigan apparat ixtiro qilindi. Ko‘pchilik unga koronavirusni o‘ldiruvchi robot deb nom bergan.
U parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun samolyotlarning ichki qismlariga qayta ishlov berishga mo‘ljallangan.
Ta’kidlanishicha, bitta laynerni dezinfeksiya qilish uchun 13 daqiqa vaqt ketadi.
Robot ishlashida inson aloqasi yo‘q, hamma narsa avtomatlashtirilgan.
"Biz mashinani yoqamiz va samolyotda qoldiramiz. U dezinfeksiya qiladi va ish tugagandan so‘ng avtomatik ravishda to‘xtaydi. Inson bilan texnika aloqada bo‘lmaydi. Sayohatchilar uchun ahamiyatli narsa shundaki, o‘rindiqlarda kimyoviy moddalar izlari bo‘lmaydi, hamma narsa mutlaqo toza bo‘ladi", degan qurilmani ishlab chiqargan kompaniya vakili Jodok Elmiger.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu dezinfeksiya tamoyili yangi emas. Shifoxonalar binolari o‘nlab yillar davomida shu tarzda tozalangan.
LiveBarchasi