Koronavirusni qanchalik tez tarqalishi ko‘rsatildi (video)

Salomatlik

image

Yaponiyaning NHK telekanali tomonidan g‘ayrioddiy tajriba o‘tkazildi. Unda koronavirus infeksiyasining odamdan odamga yuqish tezligi ko‘rsatildi.

Jurnalist va yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar restoranda har kimga duch kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatni simulyatsiya qilishdi. Tadqiqotda 10 kishi ishtirok etdi. Qatnashuvchilardan birining qo‘liga ma’lum modda surtilib qo‘yildi. Ushbu modda qorong‘ida o‘zidan yorug‘lik chiqarish qobiliyatiga ega.

Yarim soat ichida har bir ishtirokchining terisida ko‘rinmas bo‘yoq zarralari paydo bo‘ldi. Uchta ishtirokchida modda ularning yuzlarida topildi. Bundan tashqari, idishlarda ham maxsus modda aniqlandi. Shunday qilib, tajriba mualliflari virusni odamdan odamga yuqtirish hatto yaqin aloqasiz ham mumkinligini tasdiqladi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

346

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing