Koronavirusni bir daqiqada yo‘q qiladigan sprey yaratildi

Olam

image

Turkiyaning Bursa shahridagi Uludag universiteti Mikrobiologiya bo‘limi xodimlari koronavirus infeksiyasini atigi bir daqiqada o‘ldirishi mumkin bo‘lgan burun spreyi yaratdi. Bu haqda "Daily Sabah" xabar bergan. 

Genoxyn deb nomlangan sprey professor Shehime Gulsun Temel hamda shifokorlar Ahmet Yumit Sabanji va Gyuneyt Ozakin tomonidan ishlab chiqilgan.

Shifokor Sabanjining so‘zlariga ko‘ra, ushbu sprey bo‘yicha pandemiya boshlanishidan oldin ham tegishli tadqiqotlar o‘tkazilgan. 

Uning ta’kidlashicha, olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatganki, sprey og‘iz va burun to‘qimalarida koronavirusni yo‘q qilishga qodir, bu esa infeksiya tarqalishining oldini oladi. 

Professor Temelning aytishicha, preparat bir daqiqa ichida shilliq qavatdagi epiteliya hujayralariga zarar yetkazmasdan COVID-19 ni o‘ldira oladi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus sprey

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing