Koronavirusga qayta chalinish holatlari kuzatilmoqda. U xavflimi?

Salomatlik

image

Koronavirusga qayta chalinish insonning koronavirusga qarshi immunitet darajasiga bog‘liq. Bu haqda virusolog Anatoliy Altshteyn ma’lum qilgan.

"Agar koronavirusga birinchi chalinganda immunitet juda past bo‘lgan bo‘lsa va koronavirus hech qanday alomatlarsiz o‘tgan bo‘lsa, demak, odam yana koronavirusga chalinishi mumkin", degan Altshteyn.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasini qayta yuqtirib olish mumkin, lekin u birinchisiga qaraganda yengilroq o‘tadi. 

"Biroq, koronavirusga chalingan odam ham sog‘lom odamlar kabi barcha ehtiyot choralarini ko‘rib yurishi kerak", degan Altshteyn.

Takroriy kasallanish kamdan-kam hollarda birinchisidan og‘irroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan mutaxassis. 

Shuningdek, u qaytalangan kasallikning og‘ir o‘tishi masalasi hali yetarli darajada o‘rganilmaganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 48 milliondan oshgan. 1,2 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

354

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing