Koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlangan ayol vafot etdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Avstraliyada keksa ayol koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlanganidan bir necha soat o‘tgach vafot etdi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib xabar berilgan.  

Qayd etilishicha, ayol 82 yoshda bo‘lgan. U Kvinslend shtatidagi qariyalar uyida vafot etgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, ayolning sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgan, jumladan unda o‘pka kasalligi mavjud edi, deyilgan xabarda. 

Ta’kidlanishicha, vaksina va bemorning o‘limi o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. 

Hozirda Avstraliya fuqarolari koronavirusga qarshi ikkita vaksina - AstraZeneca va Pfizer bilan emlanmoqda. 

Koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash kampaniyasi doirasida mamlakatda allaqachon 855 ming doza vaksinadan foydalanilgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Avstraliyada 29 379 kishi koronavirus yuqtirgan. 909 nafar bemor kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina koronavirus

Baholaganlar

262

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing